Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz


Muallif (lar): S.Dadayev
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 161
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): Pdf

Amaldagi 5140100-biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi davlat ta’lim standarti (2017)
hamda «Zoologiya» fanining o‘quv dasturiga (2017) muvofiq talabalar Zoologiyaning
“Umurtqasizlar zoologiyasi” kursi bo‘yicha umurtqasiz hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi,
ekologiyasi, etologiyasi, filogeniyasi, sistematikasi va zoogeografiyasi; hayvonot olamining xilma xilligi; hayvonlarning ko‘payish usullari; o‘sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik,
anatomik, fiziologik va ekologik muammolari, zoologiyaning asosiy vazifalari va qonuniyatlari
to‘g‘risida tegishli bilimga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad-5140100-biologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan
talabalarni tirik tabiat to‘g‘risida bilimga ega qilish; hayvonlarni tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi,
ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi bo‘yicha bilimga ega qilish;
talabalar ongida ilmiy-materialistik dunyoqarashni shakllantirish, ularni vatanga va tabiatga mehrmuhabbat, estetik ruhda tarbiyalash hamda bilim o‘rganish va fikrlash faoliyati, mustaqil bilim olish
va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi-Zoologiya hayvonat olamining xilma-xilligi va uni bir butunlik sifatida
o‘rganish hamda sayyoramiz miqyosidagi hayotiy tizim tuzilishiga tegishli muhim umumbiologik
muammolarni hal qilishda markaziy o‘rinlarda turadi. Xalq xo‘jaligi va amaliyotda zoologiya fanini
uslub va yutuqlaridan foydalanish yoritib beriladi. Talabalar hayvonat olami qonuniyalarini
o‘rganish asosida hayvon organizmlarining ko‘payish usullari, o‘sishi, rivojlanishini turli tumanligi,
ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik jarayonlarini yoritishda ushbu fanni aham iyati
naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Umurtqasizlar zoologiyasi sohasidagi bilimlar
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va
bog‘dorchilikka, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari zahirasiga ziyon keltiradigan, shuningdek odam
va hayvonlarga xavfli kasalliklarni tarqatadigan hayvonlarga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqish, zamonaviy zoologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, veterinariya bilan bevosita
bog‘langanligini aniqlash, zoologiyaning ayrim bo‘limlari, xususan, parazitologiya, gidrobiologiya,
epizootologiya, epidemiologiya kabi predmetlar kompleks fanlar tarkibiga kirishi to‘g‘risida ham
bilimlarga ega bo‘ladilar. Talabalar zoologiya fanini chuqur o‘zlashtirishi uchun nazariy va amal iy
mashg‘ulotlarda beriladigan materiallar o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
Zoologiya fani hayvonat dunyosini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib
biologiyaniig ayrim yo‘nalishlarini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Zoologiya
 
Ko'rildi: 384     Ko'chirildi: 4344


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz