Bu kitobda chizmalar chizish haqidagi dastlabki ma’lumotlar, geometrik
yasashlar, turli tasvirlar yasash, aksonometrik proyeksiyalar, texnik rasm, sirtlarning tekislik bilan kesishishi, sirtlarning o‘zaro kesishishi, sirtlarni tekislikka yoyish, vint chiziqlar, rezbalar, turli birikmalar, yig‘ish chizmalari, turli sxemalarga, konstruktorlik-loyihalash ishlarini avtomatlashtirishga oid ma’lumotlar to`liq bayon qilingan. Ushbu ma’lumotnoma umumta`lim maktablari chizmachilik o‘qituvchilari va mehnat o‘qituvchilari uchun moljallab yozilgan. Biroq undan akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan muhandis-texnik xodimlar ham foydalanishi mumkin. Bu kitob chizmachilikdan qo‘llanma va darslik yozishga hamda o‘quvchilarning chizmachilikdan o‘tkaziladigan olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishlariga asos bo`la oladi. Ushbu ma’lumotnomaning qo`lyozmasini sinchiklab o‘qib chiqib, uning mazmunini yanada boyitishga qaratilgan odilona taqrizlari uchun TIHMXI professori Sh. K. Murodov, TDPU dotsentlari R.Q. Ismatullayev, A. O. Ashirboyev, TTBSI dotsenti N. Xurboyev, TDTU dotsenti A. Umarovga samimiy minnatdor ekanligimizni izhor etamiz. Mualliflar |
0
|
|