Mazkur "Chizmachilik" nomli o`quv qo‘llanmada Chizmachilik fanining
Markaziy Osiyoda, xususan, 0 ‘zbekistonda rivojlanishi tarixi, geometrik chizmachilik va proyeksion chizmachilik boiimida o‘qitiladigan shriftlar, tutashmalar, sirkul va lekalo egri chiziqlari, qiyalik va konuslik, ko‘rinishlar, qirqim va kesimlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasm, sirtiarning o‘zaro kesishuvi va boshqa mavzularga tegishli ma’lumotlar, savolnomalar, fanga oid izohli lug’at va talabalar o‘z bilimlarini aniqlashga mo`ljallangan test savollari hamda talabalar mustaqil grafik ish bajarishlari uchun topshiriqlar to`plamini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u quyidagi bakalavriat ta`limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan: 5110800-Tasviriy san at va muhandislik grafikasi; 5111000-Kasb ta`lim (Tasviriy san at va muhandislik grafikasi); Lekin o ‘quv qo‘llanmadan Chizmachilik fani o‘qitiladigan barcha oliy va o‘rta maxsus ta`lim muassasalari talabalari ham foydalanishlari mumkin. |
0
|
|