Ushbu ma`ruzalar matni 5150800 – Rangtasvir (dastgohli) bakalavriat yo’nalishi kundizgi bo’lim talabalari uchun yozilgan.
“Kompozitsiya” fani bo`yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur DTS talablari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Respublikamizda badiiy ta`lim islohotlarini yanada chuqurlashtirish, malakali mutahassislar; rangtasvirchi rassom, kitob grafikasi rassomi, mahobatli rangtasvir rassomi, amaliy san`at bezagi rassomi, dizayner kadrlar tayyorlash borasida ularning kasbiy hususiyatlarni rivojlantiruvchi, shuningdek, iqtidorli, ijodkor rassom ko`nikmalarini o`zida namoyon qiluvchi va sohaga qiziqish uyg`ota oluvchi, o`z yo`nalishini topishda rangtasvirga o`rgatuvchi fan sifatida zaruriyat katta.