O‘quv qo‘llanmada qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining nazariy, tarixiy va ilmiy-amaliy masalalari keltirilgan. Qishloq xo‘jaligida yer, mehnat va moddiy-texnika resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning iqtisodiy asoslari batafsil yoritib berilgan. Qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining investitsiya va innovatsion faoliyati, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligiga alohida e‘tibor qaratilgan.