Hozirgi kunda butun dunyo olimlari uchun hozirgi zamon globalashuv nazariyalarini o’rganish, tahlil qilish va shu asosda strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Shu sababli “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining talabalarga o’rgatilishi dolzarb ahamiyatga ega. Ana shundan kelib chiqib ushbu masalalarni samarali hal qilish ko’p jihatdan iqtisodchilarning Global iqtisodiy rivojlanish, g’oyalar va ularning o’ziga xos hususiyatlarini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Bu esa, o’z navbatida, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog’liqdir.