Kursning predmeti va mazmuni: Fanni o’qitishdan maqsad – Sport maxoraratini oshirishni tashkil qilish va o’tkazishga o’rgatish, futbol o’yinida hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o’yinlarda qo’llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg’ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko’nikma va malakalari shakllantiriladi..