Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Kamola SHirinboyeva Abdulla qizi 23.03.2021-15:59:55

Muallif (lar): Usmonxo`jayev
Chiqarilgan yili: 2010
Resurs betlari soni: 20
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Kun tartibini qat’iy taqsimlash va rejalashtirish deganda,
odatda, ertalab bir vaqtda turish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, suv muolajalari, nonushta qilib, o‘qishga jo‘nash, uyga
qaytib, ovqatlanib, dam olish, sport bilan shug‘ullanish va uy
ishlari bilan band bo‘lish, bo‘sh vaqtlarda kechki sayr qilish va
o‘z vaqtida uyquga yotish tushuniladi. Bunday tartibning odat tusiga
kirishi, yillar davomida sekin-asta malakaga aylanishi nafaqat odamni
o‘z-o‘zini nazorat qilishga, balki odam a’zolari faoliyatining bir
xil kechishiga katta yordam beradi.
Masalan, hamisha bir vaqtda turish, ertalabki gimnastika va
boshqa mashqlarni o‘z vaqtida bajarish inson a’zolarining bir
me’yorda, ritm bilan ishlashiga odatlantiradi. Kun tartibining o‘ldajo‘ldaligi esa o‘qish va ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, kun
tartibi va unga itoat etish hammada ham birdek bo‘ladi, deyish
qiyin, ammo vaqtdan unumli foydalanish, aqliy va jismoniy
mehnatni oqilona tashkil etishda aytilganlarni hisobga olish muhim.
Kun tartibiga amal qilish, avvalo, sizlardan iroda mustahkamligini talab qiladi, kimda-kim shunga erisholsa, u inson,
albatta, oldiga qo‘ygan maqsadiga to‘liq erishadi.
 
Ko'rildi: 235     Ko'chirildi: 55


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz