"O’zbekistonning foydali o’simliklari" fani o’quv rejasiga asosan 2-
semetrda mos ravishda 20 ma`ruza va 26 soat amaliyot soatlarda o’qitiladi. Fanni o’qitishdan asosiy maqsad Biologiya mutaxassisligi bo’yicha ta`lim olayotgan talabalarga O’zbekistonning foydali o’simliklari, floramizning naqadar boy ekanligi haqida ma`lumot berish bilan birgalikda foydali o’simliklarning guruhlari, turkum va turlari haqida, madaniy va tabiiy holda uchraydigan foydali o’simliklar ekologiyasi, ularning inson xayotidagi roli, ishlatilishi, ahamiyati hamda O’zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan foydali o’simliklarning turlari haqida tushuncha berishdir. |
0
|
|