Yo‗sinlaming taraqqiyot siklida ham boshqa yuksak o‗simliklar singari ikki bosqich
gallanadi: gametofit (n) va sporofit (2n). Biroq boshqa yuksak o‗simliklardan farqi, ularda gametofitning ustunlik qilishidir.Shuning uchun ham yo‗sinlar evolutsiyada mustaqil alohida yo‗nalishga ega, deb qaraladi. Gametofit novdaga o‗xshash bo‗lib, kaulidiy va fillidiy yoki bargsimon tallomiga bo‗lingan bo‗ladi. Ildizi yo‗q. Ular vazifasini rizoidlar (bir yoki ko‗p hujayrali) bajaradi. Yo‗sintoifalar bo‗limida sporogon deb ataluvchi sporofit gametofitga bog‗liq bo‗lib, u oyoqchaga ega va uning uchki qismi sharsimon yoki silindrik ko‗sakcha bilan tugallanadi. Uning ichida esa sporalar hosil bo‗ladi. |
0
|
|