Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:5
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:5
Barcha foydalanuvchilar:1589
avatar_rasm Kamola SHirinboyeva Abdulla qizi 18.02.2021-14:13:33

Muallif (lar): SH.M.TURDIMETOV
Chiqarilgan yili: 2020
Resurs betlari soni: 71
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

1.2. Tuproq bonitirovkasi usulubiyoti va
tamoyillari bo‘yicha
Tuproqning sifat bahosini o‘rganishga oid materiallar
eramizdan avalgi tabiatshunos olimlarning ilmiy ishlarida ham
uchraydi. Ushbu ishlarda tuproqning unumdorligini oshirishga
oid tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.
Tuproqning sifati haqidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi
davrdagi mashhur Yunon va Rimlik olimlarning asarlarida
uchraydi. Mamlakatimizda dastlabki ma’lumotlar IX–X asrlarda ijod qilgan sharqning buyuk qomusiy olimlari Abu
Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino asarlarida tuproq haqida
fikrlar aytilgan. Beruniy kitoblarida O‘rta Osiyo hududida
tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va xossalari
to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan.
Tuproq, dehqonchilik va chorvachilik haqidagi qimmatli
fikrlar “Avesto” kitobida uchraydi. Ushbu kitobda Yer Ona
bilan teng baholanadi. Tuproqqa qancha yaxshi ishlov berilsa,
u ham shuncha yaxshi hosil beradi, ishlov berilmagan yerdan
yaxshi hosil kutib bo‘lmaydi, degan fikrlar keltirilgan.
Ko‘pgina Sharq mamlakatlari Misr, Xitoy va Hindistonda
yerdan soliq olishda tuproqning sifat bahosi asosiy ko‘rsatkich
hisoblangan. Ya’ni unumdor tuproqlardan ko‘proq, kam
unumsiz tuproqlardan esa kamroq soliq olingan.
Misrda tuproq sifatini hisoblash aniqlik bilan bajarilgan.
Bunda tuproq sifatini belgilash don hosildorligini olish uchun
muhim edi. Shuningdek, ko‘pgina Sharq mamlakatlarida
yerlardan soliq olishda tuproqning sifat bahosiga e’tibor
qaratishgan. X-asrda yerlar baholanishi bo‘yicha bir qancha
materiallar Vizantiya qishloq xo‘jalik ensiklopediyasidan joy
olgan.
1724 yilda tashkil etilgan Rossiya (Peterburg) fanlar
Akademiyasi tuproqlar qoplamini o‘rganishda yagona markaz
bo‘lib qoldi. Rus olimi M.V. Lomonosovning butun faoliyati shu
Akademiyada o‘tgan. 1757 yildan boshlab M.V. Lomonosov
fanlar Akademiyasining geografiya departamentini boshqarib
“Rossiya atlasi” va “Rossiya geografiyasi” ga o‘zgartirishlar
kirita boshladi.
1755 yilda esa Moskva universiteti tashkil etildi. Universitetning birinchi professorlaridan biri bo‘lgan M.I.Afonin
tuproqni sozli qoratuproq, toshli qoratuproq, o‘rmonli qoratuproq, botqoqli qoratuproq, yong‘oqli (ancha unumdor)
qoratuproq kabi guruhlarga ajratgan.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
 
Ko'rildi: 203     Ko'chirildi: 832


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz