Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:22
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:22
Barcha foydalanuvchilar:1595
avatar_rasm Kamola SHirinboyeva Abdulla qizi 18.02.2021-14:07:08

Muallif (lar): K.E.Xidiraliyev., L.K.Karshibayeva
Chiqarilgan yili: 2020
Resurs betlari soni: 113
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

1.1. “Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi” fani maqsadi va vazifasi.
Ob‟ekti va predmeti, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, asosiy tushuncha va
qonuniyatlari
Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi fani, transport, sanoat va
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining ma‟lum makon va zamonda hududiy
muammolarini, joylashish, iqtisoslashish va rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi.
Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi xalq xo„jaligining (iqtisodiyotning) muhim tarkibiy
qismlaridir. Ular jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan turli xil mahsulotlarni ishlab
chiqaradi va iste‟molchiga yetkazib beradi. Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi
iqtisodiy va ijtimoiy geografik masalalarni o„rganishda yetakchi o„rinni egallaydi.
Umuman, transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi -bugungi kunning dolzarb mavzusi
hisoblanib, o‟ziga xos rivojlanish mexanizmiga, istiqbollariga, muammolariga ega.
Xususan bu yirik masala butun dunyo, ayrim davlatlar va hududlarning-transport, sanoat
va qishloq xo„jaligini va ular bilan uzviy bog„liq bo„lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar
sohalarini ham qamrab oladi. Bu masalani o„rganish bilan biz har bir xo„jalik
tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o„rni, rivojlanish va joylashish xususiyatlarini ,
ularning atrof-muhitga ta‟siri haqida etarlicha tushuncha olamiz.
Fanning ob‟ekti-har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‟lgan
moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi va
bu tarmoqlarining joylashuv xususiyatlari, ishlab chiqarish mexanizmi, rivojlanish
masalalari va soha oldidagi muammolar. Ushbu doirada qaraydigan bo„lsak, transport,
sanoat va qishloq xo‟jaligi-moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha turlari
majmuasidir. Buning asosida mahsulotlar, energiya shaklidagi moddiy ne‟matlar
yaratiladi va bir joydan ikkinchi joyga tashiladi, saqlanadi, navlarga ajratiladi,
qadoqlanadi, o„rab bog„lanadi, joylanadi va muomala sohasidagi vazifalar amalga
oshiriladi. Bizga ma‟lumki transport-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan
biri sifatida, xalq-xo„jaligining “qon tomiri” hisoblanib, xalq xo„jaligi va aholining
yuklarga bo„lgan ehtiyojlarini, yo‟lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga harakatlanishini
o„z vaqtida muttasil ta‟minlab turadi. Sanoat–ham moddiy ishlab chiqarishning eng yirik
etakchi tarmoqlaridan bo„lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va
xalq iste‟mol tovarlarining ko„pchilik qismi yaratiladi. Shuningdek, qishloq-xo„jaligiham moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri bo„lib, aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan va sanoatni (oziq-ovqat va engil sanoatlarni) xom ashyo bilan
ta‟minlaydi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Geografiya o’qitish metodikasi
 
Ko'rildi: 199     Ko'chirildi: 1375


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz