1-MODUL.YOG‘ VA MOYLARNI RAFINATSIYALASH TEXNOLOGIYASI
KIRISH YOG‘LARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Reja: 1. Fanni o‗qitish maqsad va uning rejasi. 2. Yog‘‗larni qayta ishlash texnologiyasi xomashyo strukturasi. 3. O‗simlik yog‘‗larining tarkibi. Hamrox moddalar. Yog‟„larni rafinatsiya qilish va gidrogenlash, margarin, mayonez, yog‟„ kislotalari glitserin va sovun ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish. O„simlik yog‟„larini qayta ishlash O„zbekiston Respublikasida yog‟„-moy sanoatining yetakchi sohalaridan biridir. Uning asosiy xomashyolari rafinatsiya qilinmagan yog‟„. salomas, soapstok bo„lsa, asosiy mahsulotlari-tozalangan yog‟„, margarin, mayonez, sovun va gletsirindir. Ushbu fanda yog‟„-moy sanoati holati, xomashyoni mavjudligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni turiga qarab texnologik jarayonlarni tuzilishi o„rgatiladi. Talabalarning bilimi, malakasi va ko„nikmasiga qo‟yiladigan talablar. Bu fanni o„rganayotgan talabalar oziq-ovqat sanoatining yetuk mutaxassisi bo„lib chiqishlari lozim. «Yog‟„larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o„rganilayotgan paytda talabalar ilgari olgan boshqa maxsus fanlar bilimlaridan foydalanadilar. Ta‟limning yakunlanish davrida talabalar etarlicha nazariy va amaliy O„quvga ega bo„lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texno logik sxemalar yoki jarayonlar to„g„risida etarlicha ma‟lumotlarga ega bo„lishlari va ularni mantiqiy ravishda ifodalay olish qobiliyatiga ega bo„lishlari lozim. Mazkur fanni o„zlashtirish uchun zarur fanlar ularning bo„limlari “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, «Biokimyo», «Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari», «Yog‟„ va moyli xom ashyolar kimyosi». «Korxonalar uskunalari va loyixalash asoslari». Yog‟„-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoklaridan biri. O„zbekistonda qadimdan o„simlik yog‟„i, kunjut, zig„ir, indov, maxsar urug„i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug„laridan juvozlarda olingan. O„zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo„qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichiq yog‟„ zavodida 57 ming t paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik quvvati 3 mln. t moyli o„simlik urug„larini qayta ishlaydigan 22 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog„ida paxta, soya moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug„laridan olinib, atir-upa, farmatsevtika va ozik-ovkat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan yog‟„lar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi.O„simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o„rtacha 2,1 mln. t dan ko„proq paxta chigiti va maxsar urug„i, shuningdek import buyicha olinadigan soya dukkagi ishlatiladi. Republika yog‟„-moy sanoati ozik-ovkat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi.Tarmok korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan paxta moyi eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog‟„ ekstraksiya qo„shma korxonalarida bir kunda 1200 t chigit, Fargona yog‟„-moy XJ quvvati kunda 840 t chigit, Qo„qon yog‟„-moy XJ quvvati bir kunda 810 t chigit, “Kattaqo„rg„on yog‟„-moy” XJ; quvvati bir kunda 950 t chigit, Surxonoziqovqatsanoat XJ bir kunda 800 t xom ashyo, Urganch yog‟„-moy XJ bir kunda 800 t xomashyoni qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. |
0
|
|