Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot
kechirganligini, nasl-nasabini, o‗zi tug‗ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‗tmish tarixini bilishni istaydi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‗z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‗zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‗ziga xos bo‗lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‗zbekistonning ham, o‗zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‗tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‗ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‗lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‗lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma‘lum darajada aralashuvi sodir bo‗lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san‘ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‗unlashib ketgan. |
0
|
|