Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi
bois chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish jarayoni boshqacha yondashuvni talab etmoqda. Yosh avlod tarbiyasida o’qituvchining o’rni ham o’zgarib bormoqda. O’qituvchi endilikda asosan yo’naltiruvchi vazifasini o’tamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o’qituvchilar darsning har qanday qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo’lishlarini davr talab etmoqda. |
0
|
|