Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:32
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:32
Barcha foydalanuvchilar:1590
avatar_rasm Kamola SHirinboyeva Abdulla qizi 17.02.2021-15:54:11

Muallif (lar): Latipova Nilufar Salom qizi
Chiqarilgan yili: 2020
Resurs betlari soni: 70
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

1. 1. Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlari Asrlar davomida buyuk allomalar tabiat, inson, jamiyat va hamjamiyat nima, ular o‗rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‗lishi kerak, degan savolga javob qidirib kelganlar1. Inson tirik organizm sifatida boshqa tabiiy ob`ektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, odamzotni alohida bir mavjudot sifatida qarashga olib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX-XXI asrlar, ya`ni ilmiy–texnika inqilobi davriga kelib juda avjiga chiqdi. «Tabiat ustidan g‗alaba»ga erishgan inson barcha ilmu fan tarmoqlarida alohida bir kuchqudrat sifatida qaraladigan bo‗ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hyech kimga bo‗ysunmaydigan «hokim» emas, balki tabiatning bir bo‗lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomidir». Insonni hyech qachon tabiatdan va uni o‗rab turuvchi atrof-muhitdan ajratib bo‗lmasligiga shu kunda barcha progressiv aholining ishonchi hosil bo‗ldi. Falsafada tabiat – ob`ektiv borliq, ya`ni bizni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari, deb tushuniladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni va barcha tirik organizmlarning ehtiyojlarini qondirish manbai bo‗lgan atrof-muhit deb qaraladi. Falsafa yoki astronomiya nuqtai nazardan qaraganda son-sanoqsiz yulduzlar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin organizmlar, jumladan insonlar ham o‗zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida ulardan foydalanmaydilar va ulardagi jarayonlarga o‗z ta`sirini o‗tkaza olmaydilar. Balki barcha tirik mavjudot o‗zlarini o‗rab turuvchi havo (to‗g‗rirog‗i, atmosfera havosi), suv, yer, tuproq, yer osti boyliklari, o‗simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne`matlaridan «oldi-orqasi»ga qaramasdan foydalanadilar va ularga ijobiy, aksariyat hollarda salbiy ta`sir etadilar. Inson – yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish(fakultetlararo)
 
Ko'rildi: 281     Ko'chirildi: 406


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz