O’zbekistonning davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi tufayli xalqimizning
asriy orzusi ushaldi, o’z takdiri va kelajagini o’zi yaratadigan bo’ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy xayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog’liq qator islohotlar o’tkazildi. Jumladan, ana shu buyuk o’zgarishlarni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko’xna tarixiga bo’lgan munosabati tubdan o’zgardi. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: ―O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yuk‖ 1 Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya kilishda Vatan tarixini har tomonlama va chukur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga xaqiqiy tariximizni o’qitish orkali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. |
0
|
|