Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:20
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:20
Barcha foydalanuvchilar:1563
avatar_rasm Laziza Abdullayeva Rasul qizi 17.02.2021-15:09:30

Muallif (lar): Ermatov Shohruh Valievich
Chiqarilgan yili: 2017
Resurs betlari soni: 80
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof
etilgan tamoyillari asosida rivojlanish va taraqqiy etish yo’liga dadil qadam qo’yib,
o’z milliy davlatchiligini qayta tiklayotgan kelajagi buyuk mamlakatimiz bu
borada umumbashariy taraqqiyotga, boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ayniqsa,
ijtimoiy qadriyatlarga suyanmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy
imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab, milliy
davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk mamlakatimiz tomirlariga, qadimiy
merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga
tatbiq etmog’imiz kerak» [2, 6-b.]. Bu borada yosh avlodga boshqa dunyoviy
bilimlar qatori tarixiy bilimlarni singdirish, rivojlantirish va takomillashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ulkan tarix tajribasini o’rganish – hozirgi
davrda ro’y berayotgan
voqea-hodisalar mohiyatini tushunishga yordam beradi. Dunyoning turli
burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixini turli davrlarda, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichlariga
ko’tarilishini tsivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi
insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi,
moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi
munosabatlar bilan izohlanadi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Tarixiy o’lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari
 
Ko'rildi: 172     Ko'chirildi: 682


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz