«Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari» fanining asosiy maqsadi - bu talabalarning fundamental hamda iõtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilimlari asosida ma‟lum bir unumdorlikda ishlaydigan oziq-ovqat korõonalarini loyihalash va bunga doir teõnik-teõnologik masalalarni echish hisoblanadi. Loyihada talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy tashkil etishni, teõnologik uskunalarni qo‟llashni eng maqbul variantini taklif etishni va ajratilgan joyda qurilma va uskunalarni joylashtirishni ko‟rsata bilishlari kerak. Shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish printsiplarini loyihada ishlata bilishlari kerak.