“Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari” fanini o’qitishdan maqsad talabalarga gidravlika asoslari, gidromexanik, issiqlik va modda almashinish, mexanik va sovitish jarayonlarining nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvichi mashina va qurilmalar tuzilishi, ishlash prinsipi, hamda ularni hisoblash, loyihalash va modellashtirish haqida fundamental bilimlarni berishdir.Dastur bo’lajak mutaxassislarga kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining murakkab muammolarini yechish uchun poydevor vazifasini bajaradi.