Mazkur kitobda ma’lumotlar bazasini loyihalash, uning usullari va
ma’lumotlarni ma’lum bir tizimga keltirish haqida tushunchalar hamda loyihalashga doir bir qator misollar berilgan. Windows-95 va uning keyingi versiyalari asosida ishlaydigan Access-m a’lumotlar bazasini boshqarish sistemasining tafsiloti keltirilgan. Accessning tarkibini tashkil etuvchi asosiy elementlar - jadvallar, so`rovlar, formalar, hi- sobotlar, modullar, makroslar, misollar va rasmlar yordamida keng yo- ritilgan. Access imkoniyatlarining keng yoritilishi ma’lumotlar bazasini yaratuvchilar uchun qulayliklar tu g ‘diradi. Kitobdan akademik litsey, kollej va oliy o ‘quv yurti talabalari, shuningdek, mustaqil o ‘rga- nuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Kitobning sodda va tushunarli tilda yozilganligi undan foydalanishni osonlashtiradi. |
0
|
|