Mazkur fan dasturi “5111100 – Musiqa ta’limi” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda talabaning shu fan bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari minimumi aniqlangan ya’ni ovoz apparatining tuzilishi va uni boshqarish, vokal va zamonaviy musiqa to’g’risidagi asosiy tushunchalar bo’yicha metodik ko’rsatmalar tavsiya etilgan.
Fan dasturda talabalarning badiiy-ijrochilik tomonlarini puxta o’zlashtirilishiga, talabalarning qo’shiq repertuarini xilma-xil shakl va harakterdagi rang-barang vokal hamda zamonaviy musiqa asarlari bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilgan