Mazkur o`quv qo`llanmasi qadimgi dunyo tarixi fani bo`yicha birinchi manbalarning saylanma tarjimalaridan tuzilgan.
Hozirgacha qadimgi dunyo tarixi bo`yicha yozma manbalar o`zbek tilida mukammal xrestomatiya tarzida berilmagan edi. Talabalar uchun bu qo`llanmada qadimgi Sharq, Yunon-Rim tarixi bo`yicha huquqiy hujjatlar, antik mualliflarining asarlaridan parchalar berilgan va mualliflar to`g`risida qisqacha ma’lumotlar mavjud. Hozirgi kunda talabalar jahon tarixining qadimgi davri bo`yicha to`laqonli bilim olishlari uchun bu xrestomatiya darslik va o`quv qo`llanmalarini to`ldirib keladigan zaruriy qo`llanma vazifasini o`taydi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ravishda bilim olishi uchun eng muhim adabiyotlardan biri o`rnida keladi.