«Nazariy mexanika» fanidan ushbu ma’ruza matni Samarqand davlat unversiteti fizika fakultetining «nazariy fizika va kvant elektronikasi» kafedrasida tayyorlangan. Majmua « Nazariy mexanika» fanini o’rganish jarayonida talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi. Ushbu o’quv-uslubiy majmua « Nazariy mexanika» fani o’quv rejaga kiritilgan barcha bakalavriat yo’nalishlari uchun mo’ljallangan