Mazkur darslik Nizomiy nomidagi TDPU professorlari D.A.Muhamedova va D.X.Shodmonqulovalar tomonidan tuzilgan “Ona tili” dasturi (2006-y.) asosida yozildi. Bu darslik oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim metodikasi, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta’lim kabi nofilologik (ya’ni o‘zbek tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashmagan) fakultetlar talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy tilshunoslikdan hamda ona tili fanining barcha bo‘limlari bo‘yicha shu mutaxassisliklar fan dasturlari hajmida ma’lumot beradi.