Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan milliy
iqtisodiyot qaror topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o’zi bozor haqida bilimlarni o’zida jamlagan va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg’unlashgan darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo’ydi. O’quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing” fanidan mazkur o’quv-uslubiy majmua Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o’qitib kelinayotgan “Marketing” o’quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o’quv-uslubiy ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari va fanni o’rganuvchilarning bildirgan fikrlarini hisobga olgan holda tayyorlangan |
0
|
|