Agar bir so’zda bosh va kichik xarflar mavjud bo’lsa, ularning eni bir xil qilib yoziladi. Harf va raqamlarning yozilish usulini o’rganish masalasida, tanlab olingshan Shriftning balandligi bo’yicha asosiy o’lchamlarning o’zaro nisbatini saqlagan holda, to’r chizib, ularning o’rni belgilab chiqiladi. So’ngra harf va raqamlarni qo’lda yoki chizma asboblari yordamida qalamda ingichka chiziq bilan yozib chiqiladi. 7, 10, 14 o’lchamli Shriftlarning yozuvlari to’mtoq uchli qalamda, kichik o’lchamli Shriftlarning yozuvlari esa o’tkir qilib chiqarilgan qalamda ustidan yurgizib chiqiladi.