Ushbu o‘quv qo‘llanmada tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi fanining asosiy
mazmuni bayon qilingan bo‘lib, unda bu fanning nazariy asoslari, o‘qitish metodlari va shakllari, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi ko`rsatib berilgan. Íàã bir mavzu so‘nggida berilgan muammoli masala, topshiriq va savollar talabalarda bilim va o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirib, mavzulami chuqur o‘zIashtirishiga inkon beradi. 0 ‘quv qo‘llanmadan pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining talabalari qatori maktabgacha tarbiya pedagoglari, boshlang‘ich sinf va biologiya o‘qituvchilari, pedagogik kollej talabalari, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar o‘quv adabiyoti sifatida foydalanishlari mumkin. |
0
|
|