O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab, barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasiga jumladan, umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinfga tarbiyaviy ishlar metodikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Har tomonlama yetuk, erkin fikrlay oladigan shaxs, malakali mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari va nutqlari, davlat hujjatlarida ko’p bora takidlanmoqda va bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.