Yog’ochga ishlov berish stanoklarining konstruktsiyasi ularning bajaradigan ishiga bog’liq. Ba’zi stanoklar yog’ochni arralash uchun, yana biri - randalash uchun, boshqalari-parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridai farq qilgani bilan ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo’lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanoklariing konstruktsiyasini o’zgartirish ularning elementlari konstruktsiyasining printsipial o’zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo’lavermaydi. Shunga ko’ra stanoklarning qismlarini bilish yangi konstruktsiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o’zlashtirishga imkon beradi.