XX asrning 20-40 yillariga kelib ekologiya to‘la qonli fanga aylandi. U o‘zining o‘rganish ob‘ekti, tadqiqot usullari metodlariga ega bo‘ldi va tabiat bilan inson, tirik va o‘lik komponentlarning o‘zaro barcha munosabatlarini tadqiq qila boshladi.
Biz bilamizki, ekosisitemalarning aniq belgisi, xususiyatini tà’riflab bo‘lmaydi, lekin u bir joyda yashovchi har xil organizmlarning hamda muhitning tabiiy va kimyoviy komponentlari ishtirokida o‘zaro aloqasi tufayli yashash uchun sharoit yaratiladigan tizim (sistema) deb tushuniladi.