Darslikka kiritilgan taksonomik birliklarni yoritishda O`zbekiston hududida keng tarqalgan o`simlik turlaridan keng foydalanildi. Yuksak o`simliklarga oid barcha materiallar, xususan, yirik sistematik birliklar (bo`lim, ajdod (sinf), qabila, oila va b.), O`zR FA „Botanika`` ilmiy- ishlab chiqarish markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi sistema asosida joylashtirildi va ularning qo`shimchalari (affikslari)ga o`zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, darslikka kiritilgan o`simliklarni qo`sh (binar) nom bilan atashga harakat qilindi. Kitobda morfologiya, anatomiya, tuban va yuksak o`simliklar sistematikasi va gcobotanika bilan bir qatorda botanikaga oid asarlarda yo`l qo`yilib kelinayotgan taksonomik biliklarning nomlari va tizimiga tegishli nomenklaturaviy o`zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi