Mazkur majmuada Markaziy Osiyo davlatlarida keyingi yillarda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar inobatga olinib, eng yangi statistik ma’lumotlardan foydalangan holda tayyorlandi. Majmua umumiy va regional qismlardan iborat. Majmuaning umumiy qismida fan predmeti, mazmuni, vazifalari, uning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari tahlil etilgan, shuningdek mintaqa xo’jaligini yangi iqtisodiy va siyosiy sharoitda rivojlanish xususiyatlari, uning tabiiy-demografik salohiyati, sanoati, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa vositalari ya’ni milliy iqtisodiyot taraqqiyotini belgilab beruvchi tarmoqlarni rivojlanishi bilan bog’liq masalalar har tomonlama chuqur tahlil etilgan.