Geografiya o’qitish nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari mavzularini o’rganish. Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. O’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.
Geografiya o’qitish nazariyasi va metodikasi fanidan nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar o’rgatish. Malakaviy pedagogik amaliyotni o’tish, vaqtida yangi texnika jihozlari keng ko’lamli ilmiy ishlar olib borishi uchun qulay jarayonlar va texnologiyalarini o’rganish. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog’liq holda fanning muayyan bob va mavzularini chuqur o’rganishlari ko’zda tutiladi. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan yozma ishlar tayyorlanadi va uni taqdimot mashg‘ulotlari multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada slaydlar tarzida tashkil qilinadi. |
0
|
|