Urug’shunoslik qishloq xo’jaligida ekib o’stiriladigan ekinlarning urug’i haqidagi fan hisoblanadi. Botanika va o’simlikshunoslikda “urug’” atamasi bir xil ma’noni anglatmaydi. Botanika nuqtai nazaridan urug’ urug’kurtakni qo’shaloq otalanishi natijasida paydo bo’ladi. U murtak, zaxira oziq moddalar va po’stdan iborat bo’ladi.
O`simlikshunoslikda urug` deganda turli ekinlarning hosil olish uchun ekiladigan doni-mevasi tushuniladi. Ekish uchun haqiqiy urug`lari (dukkaklilar, krestgullilar, g`o`za, zig`ir), po`stli yoki yalong`och mevalari yoki uning qismlari (g`alladonlilar doni va g`allasimon o`tlar, kungaboqar, maxsar pistasi, grechixa va nashaning yong`oqchasi, qushtirnoq mevasi bo`lakchalari), hatto to`pmevalari (lavlagi, mushukquyruq boshoqchasi), tuganaklari (kartoshka, yer noki) hisoblanadi.