Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o`quvchilar, kattalar, erkAqlar, ayollarning (ontogenezda) tug`ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.