Xozirgi davr axborot texnologiyalarni xar bir sohaga qo`llashni talab etmoqda. Axborot texnologiyalarining turi ko`payishi bilan uning ishlab chiqarishdagi o`rni ham kundan oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning yerdan foydalanish degradatsiyaga uchrayotgan yerlarning ekologik holatini o`rganish va yer resurslarini boshqarish sohasida ham axborot texnologiyalari xisoblangan elektron taxometrlar, suniy yo`ldoshlar orqali ishlovchi global pozitsion tizimli qabul qilib oluvchilar, geografik axborot tizimi orqali ishlaydigan maxsus dasturlar keng ravishda elektron kartalarni tuzishda va joy to`g`risidagi topografik va geografik ma`lumotlarni katta miqdorli tez va va sifatli olishda qo`llanilmoqda.