Xarita termini yunoncha (hartes - papirus qog`ozi) so`zidan olingan lotincha "ñharta" (qog`oz, varaq) atamasidan kelib chiqqan. Yunoncha (xarita), lotincha charta, turkcha xarita. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi o`zbek tilida ham xarita bo`lsa etimologik jihatdan to`g`ri bo`ladi.
O`zbek tilining imlo lug`atida (Toshkent, "O`qituvchi" - 1995) ham "xarita" deb berilgan. Grafiya so`zi yunoncha grafo - yozaman, tasvirlayman ma`nosini anglatadi. Binobarin, xarita va grafiya so`zlari yunonchadan olingan ekan fanning nomini xaritagrafiya deyilsa yozilsa xato bo`lmaydi. Ushbu soha mutaxassislarini esa xaritashunoslar deb yuritilsa to`g`ri bo`ladi. 2000-2006 yillari nashr etilgan 12-jildlik O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasida ham xarita va xaritagrafiya deb qabul qilinishiga ana shular asos bo`lgan.