Dunyo xo‘jaligi tarkibida eng jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizmdir. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra 2004 yilda turistik oqimning harakati 760 mln.kishini tashkil etgan. 2003 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 10 foizga oshgan. Zamonamizda turizm oqimi, XX asrdan farqli ravishda nafaqat rivojlangan mamlakatlardan rivojlanganlariga, balki rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon ham o‘zgarmoqda. Bu o‘rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani mintaqalari, YAqin va O‘rta sharq mamlakatlari etakchilik qilmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda.