"O`zbåkiston tarixi" fanining mazkur dasturi
O`zbåkiston Råspublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni asosida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida kålib chiqib, davlat standartlari bo`yicha bakalavriat darajasidagi malakali mutaxassislar tayyorlashni, ularga O`zbåkiston o`tmishdagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan hozirgacha kåchgan voqåliklar, insonlar hayoti, jamiyat taraqqiyoti to`g`risida bilimlar bårishni maqsad qilib qo`yadi. O`zbåkiston tarixini o`rganish shuning uchun kårakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham båradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tåzlashtiradi. Yurtboshimiz aytganlaridåk:»o`z tarixini bilgan undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yångib bo`lmaydi». «O`zbåkiston tarixi» fani 1- ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga ki rib, barcha bakalavriat ta`lim yo`nalishlari talabalariga Vatanimiz tarixini chuqurroq, ilmiy jihatdan asoslangan holda, manbalarga tayanib o`rganiladi. |
0
|
|