Har bir musobaqani o’tkazishdan oldin shu musobaqani o`z hududida tashkil qilayotgan davlat musobaqada xizmat qiladigan hakamlar ro`yxatini musobaqa miqiyosiga qarab tuzadi va kurash federatsiyasiga taqdim qiladi. Kurash federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar ana shu musobaqada xizmat qilishga haqlidirlar. Har bir halqaro turnir, qit`alar chempionati va birinchiligi, Jahon chempionati va birinchiligida faqatgina Kurash Halqaro Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan va maxsus sertifikatga ega bo’lgan hakamlar faoliyat ko`rsatadi.