Fanni o‘qitishdan maqsad - kurash fani talabalarga kurashni o‘qitish uslubi va nazariy bilimlarini o‘rgatish, milliy kurash texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini egallash, o‘rganish, kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida milliy kurash vositalaridan samarali foydalanib o‘qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.