Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Husan Musulmonov Erkinovich 11.04.2019-12:43:15

Muallif (lar): Taniberdiev A
Chiqarilgan yili: 0
Resurs betlari soni: 39
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): Doc

Mashg‘ulot vaqti 6 soat Talabalar soni
Mashg‘ulot shakli Amaliy: Guruhli
Amaliy mashg‘ulot rejasi 1. Umumrivojlantiruvchi mashqlarning vazifasi.
2. Sportcha yurish texnikasi bilan tanishtirish.
3. Sportcha yurish paytida oyoqlarning to’g’ri harakat qilishiga o’rgatish.
4. Sportcha yurishda tosni harakatga o’rgatish.
5. Sportcha yurish paytida qo’llar va yelkalarni to’g’ri harakatga o’rgatish.
6. Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Mashg’ulotlarda umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati hamda oddiy va sportcha yurish texnikasi bilan tanishtirish.
Pedagogik vazifalar:
•Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan umumrivojlan-tiruvchi mashqlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatib berish hamda o’rgatish.
•O’qituvchi yoki tez yuruvchi sportcha yurish texnikasini tushuntirgandan keyin, bir necha marta yurishni namoyish qiladi. Yurish odatdagi musobaqa tezligida va sekinroq ijro etiladi. Yurishning texnikasini bajarishga urinib, shug’ullanuvchilar 50-60 metr masofani ikki-uch marta bosib o’tadilar, o’qituvchi esa ular diqqatini asosiy xatolarga (yakka tayanch fazasida va vertikal paytda oyoqlar bukilganligiga, gavdaning oldinga yoki orqaga engashganligiga, barcha harakatlar umuman tangroq ekaniga va h.k.) jalb qiladi.
•Yurishni bajarish paytida yerga oyoqni tovondan boshlab qo’yib, keyinchalik asta-sekin, go’yo yumalayotganday butun oyoq tagini qo’yish kerak. Shug’ullanuvchilarga yerga qo’yayotgan paytda oyoqni faol to’g’rilash kerakliginini eslatish foydalidir. Boldirni (ilikni) oldinga tez chiqarishni yerga oyoq qo’yayotganda uni yozishga qiynalayotganlarga tavsiya qilish mumkin.
•Har bir mashq, texnika elementini o’zlashtirilishiga qarab, bir necha marta takrorlanadi. Bu mashqlarni bajarishdagi masofa 50-100 metr. Agarda shug’ullanuvchilar tanani oyoqdan-oyoqqa hech qanday tangliksiz bemalol o’tkazsalar (chig’inmasdan), unda uchinchi va to’rtinchi mashqlarni qoldirib o’tish mumkin. Ikkinchi mashqni stadiondagi yugurish yo’lkasining oq chizig’i bo’ylab bajarish mumkin. Ikkinchi va to’rtinchi mashqlarda oyoq tagi uchini tashqi tomonga burmay, to’g’ri qo’yish kerak.
•Birinchi mashqda ko’ndalang harakatdarga yo’l qo’ymaslik. Harakatlar ortiqcha kuch kelmaydigan erkin bo’lishi kerak. Ikkinchi mashqni bajarayotgan paytda shug’ullanuachilarga yelkalarni faol harakat qilishi zarurligini uqtirish kerak. Bunda qo’llar orqada bo’lsa ham bo’laveradi. Uchinchi mashqda qo’llar harakati keng va erkin bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan mashqlarda yurish masofasi – 100 metr.
•Texnikani takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo’llar harakati mayin, bemalol bo’lishiga;
v) qadam yyetarli darajada uzun bo’lishiga, oyoqni olg’a uzatish yengil bo’lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o’tishi kerak);
g) tovonni o’z vaqtida (erta emas) yerdan ko’tarishga; O‘quv faoliyati natijalari:
•Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
•Oddiy yurish texnikasi, vazifasilari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
•Sportcha yurish texnikasi bilan tanishtirish, vazifasilari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
•Har bir mashq, texnika elementini o’zlashtirilishiga qarab, bir necha marta takrorlanadi. Bu mashqlarni bajarishdagi masofa 50-100 metr. Agarda shug’ullanuvchilar tanani oyoqdan-oyoqqa hech qanday tangliksiz bemalol o’tkazsalar (chig’inmasdan), unda uchinchi va to’rtinchi mashqlarni qoldirib o’tish mumkin. Ikkinchi mashqni stadiondagi yugurish yo’lkasining oq chizig’i bo’ylab bajarish mumkin. Ikkinchi va to’rtinchi mashqlarda oyoq tagi uchini tashqi tomonga burmay, to’g’ri qo’yish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
•Texnikani takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo’llar harakati mayin, bemalol bo’lishiga;
v) qadam yyetarli darajada uzun bo’lishiga, oyoqni olg’a uzatish yengil bo’lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o’tishi kerak);
g) tovonni o’z vaqtida (erta emas) yerdan ko’tarish;
kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
 
Ko'rildi: 142     Ko'chirildi: 252


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz