Mazkur o’quv-uslubiy majmua 5111600 – «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun tayorlangan bo’lib, unda o’quv kursidan ishchi dastur, dastur bajarilishining kalendarli rejasi, reyting ishlanma va baholash mezonlari, ma’ruzalar matni, seminar mashg’ulotlarni bajarish tartibi va ularni bajarish bo’yicha metodik tavsiyalar, mustaqil ish topshiriqlari, nazorat savollari, oraliq va yakuniy baholash uchun tuzilgan testlar to’plamlari, foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati berilgan.