Sizot suvlari deb – tuproq gruntning birinchi suv o’tkazmaydigan qatlami ustida to’plangan suvlarga aytiladi.
Sizot suvlari yerning meliorativ holatiga (sho’rlanish va botqoqlanish) va qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Sizot suvlari sathi qanchalik yuza joylashgan, mineralizasiya darajasi yuqori hamda gurunt tarkibida tuz ko’p bo’lsa, tuproq shuncha tez va ko’p sho’rlanadi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan sho’r yerlarda sho’rlanish, sho’rlanmagan yerlarda esa zahlanish va botqoqlanish yuz beradi. Shuning uchun sizot suvlarining sug’oriladigan yerlarda paydo bo’lish sharoitlari, joylanish tartibi, tarkibi, balansi va uning maqbul chuqurligini hamda sizot suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda foydalanish masalalarini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. |
0
|
|