Bakalavriat yo’nalishi bo’yicha ona tili o’rganish metodikasi kursi uchun yaratilgan mazkur o’quv qo’llanmada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ona tili ta’limi Kontseptsiyasi», «Ona tilidan davlat ta’lim standarti» talablariga muvofiq talabalarning ona tilidan egallagan bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, kommunikativ savodxonlik, mustaqil fikrlash va erkin fikr ifodalash mahoratini shakllantirish, ona tili mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiya asosida, modulli tizimda tashkil etish usullari bilan yaqindan tanishtirish ko’zda tutilgan. Unda milliy tilda madaniy muloqot, og’zaki va yozma fikr ifodalash malakalarini mustahkamlash, ona tili ta’limi samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasiga olib chiqish, tilning sathlararo hamda fanlararo aloqadorlik hususiyatlariga tayangan holda talaba nutqiy salohiyatini shakllantirish haqida metodik tavsiyalar berildi. O’quv qo’llanmani yaratishda tizimiy tilshunoslik yo’nalishida yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, o’quv-metodik qo’llanmalar, ona tili ta’limi sohasidagi dastur va darsliklar, maqola va ma’ruza matnlariga tayanildi.