Psixologiyada axloq atamasidan xulq va inson faolligi darajasi, uning faoliyati, mushohadasi, tafakkuri, muloqoti kabi ko’rinishlari bilan bir qatorda belgilash uchun keng foydalaniladi. Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar XX asrning boshlarida bixevioristlar uni psixologiya fanining predmeti deb e’lon qilgan vaqt-dan boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. Dastlab axloq tushunchasi ostida shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchi, "rag’bat - reaktsiya" sxemasi bo’yi-cha ishlaydigan reaktsiyasini (harakatlanuvchan, vegetativ, nutqiy) tushundilar. Empirik ma’lumotlarning to’planish darajasi bo’yicha asnosida inson axloqining tabiati yanada chuqurlashdi. 1931 yilda esa axloq psixologiyasining asoschi-laridan biri Djon Uotson axloq to’g’risida "tuxumni mahsuldor qilish lahzasida dunyoga keluvchi va organizmning rivojlanishi darajasi bo’yicha yanada murakkablashib boruvchi faollikning uzluksiz oqimi" haqida gapirgan edi.