Mustaqil Respublikamizda yuz berayotgan islohatlar, yangilanishlar, jahon moliyaviy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari izchil suratda amalga oshirilayotgan bir vaqtda inson omili muammosini yanada chuqurroq va izchil ravishda tadqiqot etishni taqozo etmoqda. Yangi ming yillikda xalqimizning taraqqiyot yo’lida turli muammolar mavjud ekan, avvalo, ularning to’g’ri yechimini topish zarur. Bu asosan o’zligini anglayodgan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga, ijtimoiy hayotda o’z mavqesiga ega bo’lgan ziyolilarga bog’liq. Bizning vazifamiz fan - texnikani yuksak saviyada egallagan jahon standartlari darajasidagi mustaqil fikrlovchi, intellectual ko’rsatgichlari yuqori bo’lgan yoshlarni tarbiyalashdir.Shu jihatdan olib qaralganda kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda tafakkur turlarini o’stirish, aqliy taraqqiyotni, borliqdagi o’zgarishlarni fahmlashni, induktiv va deduktiv xulosa chiqarishni, mustaqil, ijodiy fikrlashni o’stirish yo’llarini tadqiq qilish mavzu dolzarbligini belgilaydi.